O week (Orientation week) yohud kelajak sari ilk qadamlar

O week (Orientation week) yohud kelajak sari ilk qadamlar

       2019-yilning 4-sentyabr kuni Toshkent moliya institutining barcha fakultetlarida 1-bosqich talabalari kutib olindi. Ilk dars soatlari ya’ni “Mustaqillik soati” institutning 1-ma’ruzalar zalida 1-kurs talabalari hamda institutning barcha rahbar hodimlari ishtirokida o’tkazildi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor F.T.Muhammedov, O’quv ishlari bo’yicha prorektor I.N.Qo’ziyev, Moliya fakulteti dekani D.R.Rustamov, dekan muovinlari O.Xamdamov, I.Choriyev institut Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkilot yetakchisi K.Maxmudov fakultet yoshlar yetakchilari, guruh murabbiylari va yuqori kursning faol talabalari ishtirok etdilar. Tadbir davomida talabalarga institut hayoti, ichki tartib-qoidalari bilan bir qatorda asosiy kutubxona fondlari va o’quv zallari, “Harakatlar strategiyasi” xonasi, u yerdagi yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar, sport majmuasidagi qulayliklar hamda kompyuter zallari tanishtirildi.

       Ushbu tanishuv haftasida barcha fakultet dekanlari hamda faol talabalar institut hayotini 1-bosqichga qabul qilingan tolibi ilmlarga tanishtirish ishlarini katta mus’uliyat va mamnuniyat ila ado etdilar. Bu harakatlarning yakuni 1-kurs talabalari tomonidan ijobiy e’tirof etildi.

 

 

 

14:56 / 2019-09-05
Success helper
Success warning